CTR (Click-Through Rate) — reklamani ko'rganlarga nisbatan bosganlar ulushi. Formula: CTR = bosishlar ÷ ko'rsatishlar × 100%. Masalan, 10 000 ko'rsatishdan 200 bosish — CTR = 2%.
CTR reklama kreativi va offer qanchalik jozibali ekanini ko'rsatadigan birinchi signal. Past CTR ko'pincha zaif sarlavha, noto'g'ri auditoriya yoki noaniq offerdan darak beradi. Lekin yuqori CTR o'zi sotuvni kafolatlamaydi — klik keyin konversiyaga aylanishi kerak.
