Performance marketing — natijaga yo'naltirilgan reklama yondashuvi. Har bir sarflangan so'm aniq o'lchanadigan harakat (lead, ariza, sotuv) bilan bog'lanadi. "Brend tanildi" yoki "qamrov o'sdi" kabi noaniq ko'rsatkichlar emas, real natija hisoblanadi.
Bu yondashuvda hamma narsa raqamda: CPL, CAC, konversiya, ROMI. Kampaniya doimiy optimizatsiya qilinadi — qaysi offer, kreativ va kanal arzonroq natija bersa, byudjet o'sha yoqqa yo'naltiriladi.
Performance vs brend marketing
Brend marketing uzoq muddatli tanishlik va ishonch quradi, natijasini darhol o'lchash qiyin. Performance marketing esa tez va o'lchanadigan — u "bugun qancha sarfladik, qancha lead/sotuv oldik" degan savolga javob beradi. Kuchli strategiya ikkalasini birlashtiradi.
