AURA Digital
Metrikalar

Bitta lead narxi (CPL)

CPL (Cost Per Lead) — bitta lead olish uchun ketgan o'rtacha reklama xarajati. Past CPL har doim ham yaxshi emas: u ko'pincha yashirin, baland CAC'ni bekitadi.

Bilim bazasiga qaytish

CPL (Cost Per Lead) — bitta lead olishning o'rtacha narxi: reklama xarajatini kelgan leadlar soniga bo'lasiz. Ko'pchilik marketingni aynan shu raqam bilan baholaydi va "arzonroq — yaxshiroq" deb o'ylaydi.

Aslida eng qimmat narsa — arzon lead. Past CPL ko'pincha sifatsiz leadlar degani: ular sotuv bo'limini bo'sh qo'ng'iroqlar bilan to'ldiradi va real CAC'ni ko'taradi.

Qimmat lead ba'zan foydaliroq

Ba'zi loyihalarda ataylab qimmat, filtrlangan lead to'g'ri qaror bo'ladi: 10 savolli filtr-forma CPL'ni ~$10 ga chiqarishi, lekin leadlarning 90% sotuvga tayyor bo'lishi mumkin. Boshqa loyihada esa aksincha — arzon, oddiy forma foydaliroq chiqadi.

Qaysi to'g'riligini faraz emas, raqam hal qiladi: bir nechta varonkani parallel sinab, har biri uchun CAC hisoblanadi va g'olib shunga qarab tanlanadi.

Ko'p so'raladigan savollar

CPL qanchaga tushishi kerak?

Universal "to'g'ri" CPL yo'q. U mahsulot, bozor va lead sifatiga bog'liq. To'g'ri savol — "CPL qancha?" emas, "kelgan lead qancha sotuvga aylandi?". CPL'ni har doim CAC va konversiya bilan birga o'qing.

Bu atama biznesingizga tegishlimi?

30 daqiqada hozirgi voronkangizni ko'rib chiqamiz — aniq action plan bilan chiqasiz.

Bog'lanish
Bepul konsultatsiya