AURA Digital
Voronka va lead

Filtr-forma (kvalifikatsiya formasi)

Filtr-forma — leadni saralaydigan ko'p bosqichli forma. Har savol — bir filtr: maqsad leadlar sonini emas, sotuvga tayyor leadlar ulushini oshirish.

Bilim bazasiga qaytish

Filtr-forma — potensial mijozdan bir nechta savolga javob so'raydigan, ataylab «og'ir» qilingan forma. Uning maqsadi oddiy formadan teskari: leadlar sonini ko'paytirish emas, kamaytirish — sotuv bo'limiga faqat real muammosi va budjeti bor odamni o'tkazish.

Har bir qo'shimcha savol — filtr. Qiziqib turgan yoki tasodifan bosgan odam formani oxirigacha to'ldirmaydi; real xaridor esa to'ldiradi. Natijada lead narxi (CPL) ko'tariladi, lekin lead sifati keskin oshadi.

Nechta savol va nima so'raladi

Odatda 7-10 savol yetarli. Ular to'rt narsani tekshiradi: muammo hozir bormi, budjet darajasi qanaqa, qaror qabul qiluvchi kimligi va yechim qachon kerak. Parking24'da 10 savolli forma CPL-ni ~$10 ga chiqardi, lekin leadlarning 90% sotuvga tayyor bo'ldi.

Ko'p so'raladigan savollar

Filtr-forma har doim to'g'ri yechimmi?

Yo'q. Ba'zi loyihalarda arzon, oddiy forma foydaliroq bo'ladi (masalan Turon Telecom'da $0.40 lik forma ishladi). Qaysi biri to'g'riligini faraz emas, raqam hal qiladi: bir nechta voronka parallel sinalib, CAC bo'yicha tanlanadi.

Sizga mos keladimi?

Voronkangizni 1 kunda tahlil qilamiz.

Bog'lanish
Bepul konsultatsiya