MQL (Marketing Qualified Lead) — belgilangan mezonlarga javob bergan lead. Marketing uni sotuv bo'limiga uzatishdan oldin tekshiradi: bu odam haqiqatan sizning mijozingiz bo'la oladimi? Javob "ha" bo'lsa — bu MQL; "yo'q" bo'lsa, u shunchaki lead bo'lib qolaveradi.
MQL nima uchun muhim? Chunki sotuv bo'limining vaqti cheklangan va u leadning o'zidan qimmat. Har bir bo'sh qo'ng'iroq — real bitimdan o'g'irlangan vaqt. MQL aynan shu vaqtni himoya qiladi.
Lead qachon MQL bo'ladi
Mezonlar har loyihada boshqacha, lekin odatda to'rt savolga tayanadi: (1) muammo hozir bormi; (2) byudjeti yetadimi; (3) bu odam qaror qabul qiladimi; (4) u sizning ICP'ingizga mosmi. Shu to'rttasiga "ha" degan lead — MQL.
MQL sonini emas, sifatini o'lchash kerak. 10 000+ MQL bilan ishlash bitta oddiy qoidani o'rgatadi: lead soni o'z-o'zidan hech narsani anglatmaydi, sotuvga aylanadigan lead sifati hal qiladi.
