Offer — mijozga taklif qilinayotgan aniq savdo paketi: nima olasiz, qancha turadi, qanday shartlar va nega hoziroq. Reklamaning muvaffaqiyati ko'pincha kreativ emas, aynan offer kuchiga bog'liq — zaif offerni hech qanday chiroyli video qutqarolmaydi.
Kuchli offer qadriyatni narxdan yuqori qilib ko'rsatadi va harakatni osonlashtiradi: aniq natija, xavfni kamaytiruvchi kafolat va ravshan keyingi qadam.
Offer pozitsiyaga bog'liq
Xato pozitsiya ustiga qurilgan offer ishlamaydi. Bir mijoz $6 000 sarflab lead olmagan edi — offer emas, pozitsiya noto'g'ri edi; qayta pozitsiyalashdan keyin atigi $1 200 natija berdi. Shuning uchun offerni odatda 2-3 variantda yozib, reklamada parallel sinaymiz.
