AURA Digital
Sotuv

Sotuv skripti (Sales Script)

Sotuv skripti — sotuvchi uchun suhbat tuzilmasi: qanday boshlash, qanday savol berish, e'tirozga qanday javob qaytarish. Natijani odamga emas, tizimga bog'laydi.

Bilim bazasiga qaytish

Sotuv skripti — sotuvchi suhbatni qanday olib borishini belgilaydigan tuzilma: ochilish, ehtiyojni aniqlash savollari, taklifni taqdim etish va e'tirozlarga tayyor javoblar. U so'zma-so'z o'qish uchun emas, suhbatni to'g'ri yo'nalishda ushlab turish uchun.

Skript natijani bitta iqtidorli sotuvchiga bog'liq qilmaydi: yangi xodim ham tez ishga tushadi, sifat esa barqaror bo'ladi. Skriptsiz sotuv bo'limi har safar noldan «improvizatsiya» qiladi.

Ko'p so'raladigan savollar

Skript suhbatni «robotga» aylantirib qo'ymaydimi?

To'g'ri skript — qat'iy matn emas, moslashuvchan karkas. U sotuvchiga tayanch beradi, lekin jonli, tabiiy suhbatga xalaqit bermaydi. Maqsad — muhim savollarni o'tkazib yubormaslik.

Bu atama biznesingizga tegishlimi?

30 daqiqada hozirgi voronkangizni ko'rib chiqamiz — aniq action plan bilan chiqasiz.

Bog'lanish
Bepul konsultatsiya