Lead — kontaktini qoldirgan, ya'ni siz bilan bog'lanish imkonini bergan odam. U reklamani ko'rdi, formani to'ldirdi yoki yozdi. Lekin telefon raqami hali niyat emas: lead orasida sotib olishga tayyor odam ham, shunchaki qiziquvchi ham, tasodifan bosgan ham bo'ladi.
Shuning uchun leadlarni saralash kerak. Marketingdagi asosiy xato — barcha leadlarni bir xil deb hisoblash va ularning sonini asosiy ko'rsatkich qilib olish. Aslida muhimi son emas, sifat.
Lead bosqichlari: MQL va SQL
Leadlar odatda bosqichlarga bo'linadi. MQL (Marketing Qualified Lead) — marketing mezoniga javob bergan, sotuvga uzatishga arziydigan lead. SQL (Sales Qualified Lead) — sotuv bo'limi ko'rib chiqib, real imkoniyat deb tasdiqlagan lead. Bu bosqichlar sotuv bo'limining vaqtini bo'sh qo'ng'iroqlardan himoya qiladi.
