AURA Digital
Go-to-Market

Go-To-Market: yangi IT mahsulotni bozorga chiqarishning 6 bosqichi

Safarmurod AbduroziqovSafarmurod Abduroziqovo'qish: 8 daq

Mahsulotni oylab ishlab chiqmasdan oldin bozorda testlang. 6 bosqichli Go-To-Market, PMF / Pivot / Kill va real keyslar: g'oya holatida 12–22 ta sotuv.

Go-To-Market (GTM) — yangi mahsulotni kimga, qanday taklif va narx bilan, qaysi kanallar va qanday sotuv jarayoni orqali bozorga chiqarish rejasi. Eng muhim qoidasi oddiy: mahsulotni oylab ishlab chiqishdan oldin, bozor unga pul to'lashga tayyormi — shuni tekshiring.

O'zbekistonda startaplar ko'pincha shunday yo'l tutadi: founderda g'oya paydo bo'ladi, u muammoni hammada bor deb o'ylaydi, 6 oydan 1 yilgacha ishlab chiqadi, launch qiladi — va natija yo'q. Sabab bitta: Product-Market Fit (mahsulot va bozor mosligi) tekshirilmagan. Maqolani oxirigacha o'qisangiz, 10+ startapni bozorda testlagan tizimimizni va o'zingiz qila oladigan soddalashtirilgan versiyasini bilasiz.

Qisqacha:

  • G'oya holatida soting — birinchi mijozlar nimani qurishni aytadi.
  • 6 bosqich: tadqiqot → taklif va narx → voronka → brending → reklama → natijaga qarab qaror.
  • Test natijasi uch xil bo'ladi: PMF, Pivot yoki Kill.
  • $3,000–$4,000 lik test $20,000–$30,000 lik xatodan saqlaydi.

Mundarija

  1. Nima uchun startaplar yiqiladi?
  2. Nima uchun oldin sotish kerak?
  3. 6 bosqich
  4. Test natijasi: PMF, Pivot yoki Kill
  5. O'zingiz qanday test qilasiz: Napkin test
  6. Keyslar
  7. FAQ

Nima uchun startaplar yiqiladi?

Startaplarning katta qismi yomon jamoa yoki kam pul tufayli emas, bozorga kerak bo'lmagan mahsulot yaratgani uchun yiqiladi. Founder o'z muammosini hammaning muammosi deb o'ylaydi, uni tekshirmaydi va bor kuchini ishlab chiqishga beradi.

Juda ko'pchilik shu yerda xato qiladi: "avval mukammal product, keyin marketing". Aslida to'g'ri yo'l teskari: avval talab, keyin product. Birinchi ishlab chiqqan emas, bozorga birinchi kirgan yutadi.

Nima uchun oldin sotish kerak?

Oldin sotsangiz, to'rtta narsaga ega bo'lasiz:

  1. Mijozlarga aynan kerakli narsani qurasiz.
  2. Bozorga kirish ostonasini qisqa vaqtda o'tasiz.
  3. Birinchi sotuvlar jamoaning keyingi bosqichiga investitsiya bo'ladi.
  4. Mahsulot bozorga mos kelmasa, pivot uchun vaqt va pul yo'qotmaysiz.

Mijozga taxminan shunday deysiz:

«Aynan siz uchun shu yechimni qilib beraman, keyinchalik uni mahsulot sifatida bozorga chiqaraman.»

Shunday 10 ta mijoz — startapning birinchi daromadi va eng yaxshi texnik topshirig'i.

6 bosqich

1. Tadqiqot va strategiya. Mijoz kim, qanday muammosi bor, u hozir nimadan foydalanadi, bozorda qanday yechimlar bor. 4P/7P modeli bo'yicha pozitsiya aniqlanadi.

2. Taklif va narx. Mahsulot bozorda qanday pozitsiyalanadi, narxlash modeli qanday bo'ladi (obuna yoki bir martalik to'lov), offer qanday ssenariy va kreativlarga aylanadi.

3. Sotuv voronkasi. Lid forma yoki sayt, CRM, sotuv skriptlari, retargeting. Batafsil: B2B sotuv voronkasi.

4. Qadoqlash (brending). Nom, logotip, vizual identika, ijtimoiy tarmoqlar. Mijoz birinchi navbatda "qadoq"ga qaraydi. Memor CRM va Profaber uchun brending noldan qilindi.

5. Pulli reklama. Telegram, LinkedIn, Google, Yandex, Meta — bir nechta kanal va taklifni parallel test qilasiz.

6. Optimizatsiya va qaror. Eng yaxshi ishlagan taklif, segment va kanalni aniqlaysiz, budjetni o'shanga ko'chirasiz yoki quyidagi uch qarordan birini qabul qilasiz.

Test natijasi: PMF, Pivot yoki Kill

  • PMF tasdiqlandi — talab va sotuv bor. Budjetni oshirib, masshtablaysiz.
  • Pivot — mijozlar boshqa narsa xohlayapti. Ular aytgan funksiyalarni qo'shib, taklifni o'zgartirasiz. Masalan, Aisha AI MVP holatida $745 bilan 260+ lid va 2 oyda 20+ sotuv qildi, keyin asoschi bozorga AI-sotuvchi agent kerakligini ko'rib, yo'nalishni moslashtirdi.
  • Kill — hech kim qiziqmayapti. Loyihani to'xtatasiz va keyingi g'oyaga o'tasiz.

Uchinchi variantdan qo'rqmang. $3,000–$4,000 lik test sizni kelajakdagi $20,000–$30,000 lik yo'qotishdan saqlaydi.

O'zingiz qanday test qilasiz: Napkin test

Eng oddiy holatda sizga telefon, Instagram sahifa va qog'oz kerak. G'oyani 5 savolga javob qilib yozing:

  1. Startapingiz nima?
  2. Kimning qanday muammosiga yechim beradi?
  3. Aynan qanday yechim?
  4. Natijada mijoz nimaga erishadi?
  5. Undan qanchalik manfaat oladi?

Keyin shu asosda telefonda qisqa video oling, oxiriga isbot (keys yoki xalqaro misol) va CTA qo'ying: "Izohda + qoldiring, demoni ko'rsatamiz". Instagram'ga joylab, target yoqing va javob bergan har bir odam bilan founder sifatida shaxsan gaplashing.

"Sota olmadim, o'xshamadi" degan narsa yo'q. Har bir uchrashuvni yozib oling — u keyingi taklif uchun shpargalka bo'ladi.

Keyslar: g'oya holatida sotilgan mahsulotlar

KeysNatija
Nasiya365Product yo'q paytida $1,000 → 22 ta pulli wishlist, 12 ta sotuv × $5,000; 1 yilda mijozlar talabi bo'yicha product qurildi
MySchool$1,115 → 215 lid, tayyor bo'lmasdan waitlist'da 10 mijoz, jami 22 ta sotuv
Tuzuk AI$300 → 10 kunda $3,000+ obuna
Memor CRMG'oya testlandi → 5 ta sotuv
LoomeMQL $0.41, 10+ sotuv

Xulosa

Xullas, yangi IT mahsulotni bozorga chiqarmoqchi bo'lsangiz:

  1. Avval talabni tekshiring, keyin quring.
  2. Birinchi 5–10 mijozni g'oya holatida toping.
  3. Mahsulotni to'liq qadoqlang: nom, brend, narx, voronka.
  4. Bir nechta kanal va taklifni parallel test qiling.
  5. Raqamga qarab qaror qiling: masshtab, pivot yoki to'xtatish.

Boshqalarga miyangizdagi romantizatsiya qilingan g'oyani emas, bozor haqiqatan xohlayotgan mahsulotni taklif qiling.

Muallif haqida. Safarmurod Abduroziqov — AURA Digital asoschisi. 10+ IT startapni mahsulot tayyor bo'lmasdan bozorda testlagan. Telegram · LinkedIn

Safarmurod Abduroziqov — marketing tilida coffee'lashamiz.

Ko'p beriladigan savollar

Go-To-Market strategiya nima?

Yangi mahsulotni kimga, qanday taklif va narx bilan, qaysi kanallar va sotuv jarayoni orqali bozorga chiqarish rejasi. U tadqiqot, pozitsiyalash, brending, voronka, reklama va natijaga qarab qaror qabul qilishni o'z ichiga oladi.

Mahsulotni ishlab chiqmasdan sotish mumkinmi?

Ha. Nasiya365 product yo'q paytida 12 ta sotuv qildi, Memor CRM g'oya holatida 5 ta sotuv oldi. Birinchi mijozlar daromadi va fikri mahsulotni to'g'ri qurishga yordam beradi.

Bozorda test qancha turadi?

Odatda $3,000–$4,000 atrofida. Bu kelajakdagi $20,000–$30,000 lik xatodan saqlaydi.

MVP shartmi?

Boshlang'ich sotuv uchun shart emas. G'oyani video, taqdimot yoki demo orqali sotish mumkin, keyin mijozlar talabi asosida ishlab chiqiladi.

Test natijasi yomon bo'lsa nima qilish kerak?

Pivot qilish yoki loyihani to'xtatish. Ikkisi ham keraksiz mahsulotga oylab pul sarflashdan yaxshi.

Shu mavzu biznesingizga tegishlimi?

1 kunda hozirgi voronkangizni audit qilib aniq action plan beramiz.

Bog'lanish
Bepul konsultatsiya