G'oya holatida 5 ta sotuv va $1.9 dan lid: Memor CRM va Profaber keysi
DeepVision (Odoo Gold Partner) ichidagi 2 ta yangi product
Yangi ERP mahsulotni oylab ishlab chiqmasdan bozorga qanday chiqarish mumkin? DeepVision ichidagi ikki mahsulot shunga misol: qurilish uchun Memor CRM g'oya holatida 5 ta sotuv qildi, mebel zavodlari uchun Profaber esa startdan keyingi ilk kunlarda $1.9 dan 31 ta lid oldi.
Jarayonda · 20265 ta sotuv
Memor CRM — G'oya testlandi, GTM qilindi
31 ta lid, $1.9 dan
Profaber — Start: 22-sentabr
Fact sheet
Vaziyat
DeepVision kompaniyasi ichida ikkita yangi sohaviy ERP'ni bozorga chiqardik: qurilish uchun Memor CRM g'oya holatida 5 ta sotuv qildi, mebel zavodlari uchun Profaber esa startdan keyingi ilk kunlarda $1.9 dan 31 ta lid oldi. Quyida yangi mahsulotni qanday testlaganimizni ko'rsatamiz.
DeepVision — O'zbekistondagi birinchi Odoo Gold Partner (DeepVision keysi). Katta ERP loyihalar tajribasidan keyin kompaniya aniq sohalar uchun tayyor yechimlar chiqarishga qaror qildi: qurilish va mebel ishlab chiqarish.
Ikkita yangi product — nomi tanilmagan, brendi yo'q, mijozi yo'q. Vazifa: oylab ishlab chiqib, keyin "hech kimga kerak emas ekan" degan xavfga tushmasdan, talabni tez tekshirish va birinchi sotuvlarni olish.
Ijro
- G'oyani bozorda testladik — Memor CRM'ni to'liq ishlab chiqilishini kutmasdan, g'oya holatida Go-To-Market qildik.
- Brending — Har ikki product uchun nom, vizual identika va ijtimoiy tarmoqlar — noldan.
- SMM va performance marketing — Sohaviy og'riqqa aniq taklif bilan target reklama: "hamma uchun ERP" emas, "qurilish uchun" va "mebel zavodi uchun".
Natijalar
Xulosa
Profaber natijalari startdan keyingi ilk kunlarga tegishli — keys sotuvlar bilan yangilanib boradi.
Bu yondashuv kimlarga mos? Bu yondashuv mavjud kompaniya ichida yangi mahsulot chiqarayotgan jamoalarga va sohaviy (vertikal) SaaS/ERP ishlab chiquvchilarga mos. Asosiy g'oya — mahsulotni emas, talabni birinchi bo'lib tekshirish.
1. Sohaviy mahsulot marketingda kuchli. Aniq taklif — arzon lid.
2. G'oya holatida soting. Memor CRM 5 ta sotuvni to'liq tayyor bo'lmasdan oldi.
3. Mavjud brend ishonchi yangi productni tezlashtiradi. Ikki product ham DeepVision'ning umumiy $1,658 budjeti ichida chiqdi.
Yangi mahsulotni bozorga chiqarish tartibi haqida batafsil: Go-To-Market: 6 bosqich.
Muallif haqida. Safarmurod Abduroziqov — AURA Digital asoschisi va rahbari. 6 yillik marketing tajribasi, 50+ IT loyiha, ~$1 mln boshqarilgan reklama budjeti. Telegram · LinkedIn
Savol-javob
Memor CRM nima?
Qurilish kompaniyalari va quruvchi developerlar uchun ERP tizimi. G'oya holatida bozorda testlanib, 5 ta sotuv qildi.
Profaber nima?
Mebel zavodlari uchun ERP. 2026-yil 22-sentabrda bozorga chiqdi va ilk kunlarda $1.9 dan 31 ta lid oldi.
Mahsulot tayyor bo'lmasdan sotish mumkinmi?
Ha. Birinchi mijozlar daromadi va fikri mahsulotni bozor xohlagan ko'rinishda qurishga yordam beradi.
Sizning loyihangizda ham shunday qilamiz.
1 kunda hozirgi voronkangizni audit qilib aniq action plan beramiz.
