AURA Digital
Voronka va lead

Lead generatsiya (Leadgen)

Leadgen — potensial mijozlarni topib, ularning kontaktini yig'ish jarayoni. Maqsad — ko'p emas, sotuvga tayyor sifatli lead oqimini qurish.

Bilim bazasiga qaytish

Lead generatsiya (leadgen) — reklama, kontent va voronka orqali potensial mijozlarni topib, ularni kontaktini qoldirishga undash jarayoni. Bu marketingning eng amaliy qismi: aynan shu yerda e'tibor sotuvga tayyor oqimga aylanadi.

Kuchli leadgen "ko'proq lead" degani emas. Maqsad — sotuv bo'limiga faqat sifatli, mezonga mos leadlar yetkazish. Shuning uchun leadgen har doim saralash (kvalifikatsiya) bilan birga quriladi.

Leadgen kanallari

B2B'da leadgen odatda bir nechta kanal kombinatsiyasi orqali ishlaydi: Meta (Instagram/Facebook), Google Ads, YouTube, LinkedIn va kontent. Kanal mahsulotga bog'liq — murakkab yechim uchun avval ishonch qurish (kontent, VSL), keyin sotuv bosqichi kerak bo'ladi.

Xalqaro leadgen (Dubay, UK, AQSh) ham shu mantiqda ishlaydi, lekin offer, til va narx darajasi bozorderga moslashtiriladi.

Ko'p so'raladigan savollar

Leadgen va performance marketing bir narsami?

Yo'q. Performance marketing — o'lchanadigan natijaga (lead, sotuv) yo'naltirilgan reklama yondashuvi. Leadgen esa aniq maqsad: leadlar yig'ish. Performance marketing leadgen'ni amalga oshiruvchi vositalardan biri.

Bu atama biznesingizga tegishlimi?

30 daqiqada hozirgi voronkangizni ko'rib chiqamiz — aniq action plan bilan chiqasiz.

Bog'lanish
Bepul konsultatsiya