Segmentatsiya — bozor yoki auditoriyani o'xshash belgilarga (ehtiyoj, soha, hajm, xatti-harakat) ko'ra guruhlarga ajratish. Har segmentning muammosi va tili boshqacha, shuning uchun bitta universal xabar hech kimga to'liq tegmaydi.
Segmentatsiya reklamani aniqlashtiradi: har guruhga o'z offeri va kreativi bilan murojaat qilinadi. Bu konversiyani oshiradi va byudjet isrofini kamaytiradi.
