SOP (Standard Operating Procedure) — muayyan ishni qanday bajarish kerakligini bosqichma-bosqich yozib qo'yilgan hujjat: lead kelganda nima qilinadi, qanday qayta aloqa, qanday hujjat. U «bilim odamning boshida» degan xavfni yo'q qiladi.
Sotuv bo'limida SOP yangi xodimni tez ishga tushiradi va har kim bir xil sifatda ishlashini ta'minlaydi. SOPsiz jamoa har safar «o'zicha» ishlaydi va natija beqaror bo'ladi.
