B2B marketingda pul ko'pincha reklamada emas, liddan keyingi jarayonda yo'qoladi. Quyidagi 7 ta xatoni 50+ loyihada qayta-qayta ko'rganmiz. Har biriga to'g'ri yo'l va real raqam bor.
Qisqacha:
- Filtrsiz lid va telefonda sotish — eng qimmat xatolar.
- Kech qo'ng'iroq va CRM'siz ishlash — lid yo'qotish.
- Isbotsiz va tizimsiz marketing — uzun sotuv sikli.
1. Filtrsiz lid yig'ish
Ism va telefonli forma arzon lid beradi, lekin operator kun bo'yi keraksiz qo'ng'iroq qiladi.
To'g'ri yo'l: 8–10 savollik forma. Lid 2–5 barobar qimmatlashadi, lekin CAC pasayadi. Loome'da filtrdan keyin ham MQL $0.41 bo'lgan.
2. Telefonda sotish
Telefonda narx aytilgan zahoti "o'ylab ko'raman" boshlanadi.
To'g'ri yo'l: qo'ng'iroqdan maqsad — bepul audit yoki uchrashuv. Batafsil: B2B qo'ng'iroq skripti.
3. Lidga kech qo'ng'iroq qilish
Ertasi kuni lid sizni eslamaydi yoki raqobatchi bilan gaplashib bo'lgan.
To'g'ri yo'l: ariza tushgan kuni qo'ng'iroq.
4. CRM'siz ishlash
Lid qaysi bosqichda yo'qolayotganini ko'rmasangiz, tuzatolmaysiz. Menejer ketsa, baza ham ketadi.
To'g'ri yo'l: oddiy bosqichli CRM va har lidga manba. Parking24'da birinchi oyda CRM ~$1 mln lik KP pipeline'ni ko'rsatgan.
5. Isbotsiz marketing
"Biz eng yaxshimiz" — isbot emas. B2B mijoz xavfni kamaytirmoqchi.
To'g'ri yo'l: raqamli keyslar, success story videolar, mijoz fikrlari. Odoo forumi uchun viloyatlarda olingan filmlar million dollarlik suhbatlarga zamin bo'lgan.
6. Bitta kanalga bog'lanish
Faqat Instagram yoki faqat Telegram. U ishlamasa — "marketing ishlamaydi".
To'g'ri yo'l: kanallar va kreativlarni parallel test qilish. Xalqaro IT outsourcing keysida 35 ta kampaniya eng yaxshi taklifni topishga yordam bergan.
7. Mahsulot tayyor bo'lishini kutish
6–12 oy ishlab chiqish, keyin bozor "kerak emas" deydi.
To'g'ri yo'l: g'oya holatida sotish. Nasiya365 mahsulot yo'q paytida 12 ta sotuv qilgan. Batafsil: MVP'siz sotish.
Yana nechta holat sanab bersam ekan?
Ro'yxatni davom ettirish mumkin: KPI'siz sotuv jamoasi, reklamani sotuv bo'limidan oldin yoqish, qadoqsiz xalqaro bozorga chiqish. Ammo yuqoridagi 7 tasini tuzatsangiz, natija sezilarli o'zgaradi.
Xulosa
Xullas, B2B'da reklama emas, tizim sotadi.
- Lidni filtrlang.
- Telefonda emas, uchrashuvda soting.
- Ariza kuni qo'ng'iroq qiling.
- CRM'da o'lchang.
- Isbot bilan gapiring.
- Kanallarni test qiling.
- Avval soting, keyin quring.
Qaysi xato sizda borligini birga topamiz — bepul konsultatsiyaga yozilish.
Muallif haqida. Safarmurod Abduroziqov — AURA Digital asoschisi va rahbari. 6 yillik marketing tajribasi, 50+ IT loyiha, ~$1 mln boshqarilgan reklama budjeti. Telegram · LinkedIn
Ko'p beriladigan savollar
B2B marketingda eng katta xato nima?
Liddan keyingi jarayonni e'tiborsiz qoldirish: filtrsiz forma, kech qo'ng'iroq va telefonda sotish.
Nega reklama bor-u sotuv yo'q?
Ko'pincha muammo voronka va sotuv jarayonida: lid sifati, qo'ng'iroq, uchrashuv va KP bosqichlarini tekshiring.
B2B marketingda qancha kanal kerak?
Kamida bir nechtasini parallel test qiling va sotuv bergan kanalga budjetni ko'chiring.
Bu xatolarni qanday aniqlash mumkin?
Marketing auditi orqali: budjet, voronka konversiyalari, sotuv jarayoni va CRM ma'lumotlari tekshiriladi.
