IT kompaniya marketingi — murakkab va qimmat texnologik mahsulotni sotish uchun ishonch, lid va sotuvni bitta tizimga birlashtirish. U strategiyadan boshlanadi, qadoq, kontent va tadbirlar orqali ishonch quradi, reklama orqali lid oladi va to'g'ri sotuv jarayoni bilan shartnomaga aylantiradi.
Bu sahifa — barcha mavzularimiz xaritasi. Har bo'limda qisqa javob va batafsil maqolaga havola bor. Asos — AURA Digital'ning 50+ loyihadagi tajribasi, ~$1 mln boshqarilgan reklama budjeti va mijozlarning $5 mln+ sotuvi.
Qisqacha:
- Strategiya va taklif — birinchi.
- Qadoq va kontent — ishonch uchun.
- Event — B2B'da eng kuchli ishonch kanali.
- Reklama — filtrli voronka bilan.
- Sotuv — telefonda emas, uchrashuvda.
Mundarija
- IT marketing nimadan farq qiladi?
- Strategiya va Go-To-Market
- Qadoq va brending
- Kontent: YouTube, VSL, podkast, Reels
- Event marketing
- Reklama kanallari
- Voronka va sotuv
- Raqamlar: CAC, LTV, KPI
- Agentlik yoki in-house
- Keyslar
IT marketing nimadan farq qiladi?
IT va B2B mahsulotda chek katta, qaror uzoq va bir nechta odam ishtirok etadi. Mijoz "bir bosishda" sotib olmaydi — u sizni tanishi, ishonishi va o'z muammosiga yechim ko'rishi kerak. Shuning uchun B2C usullari (chegirma, aksiya, trend) bu yerda kam ishlaydi.
Strategiya va Go-To-Market
Yangi mahsulot yoki yangi bozor uchun avval talabni tekshiring: tadqiqot, taklif va narx, voronka, qadoq, reklama, optimizatsiya. Test natijasi — PMF, Pivot yoki Kill.
Qadoq va brending
Mijoz mahsulotdan oldin qadoqni ko'radi: nom, sayt, LinkedIn, taqdimot. Xalqaro bozorda bu yanada muhim — mijoz sizni faqat qadog'ingiz orqali biladi.
Kontent
Ekspert kontent sotuv siklini qisqartiradi. DeepVision'da YouTube darsliklar retargetingi siklni 3 kungacha qisqartirgan.
Event marketing
Qimmat mahsulotda ishonch yuzma-yuz quriladi. Seminar: 200+ lid → 126 qo'ng'iroq → 101 ishtirokchi. Forum: $380 reklama → ~400 tadbirkor.
Reklama kanallari
Meta, Telegram, LinkedIn, Google va Yandex'ni parallel test qiling, budjetni sotuv bergan kanalga ko'chiring.
Voronka va sotuv
Traffic → Lead → MQL → SQL → POS. Lid filtrli forma bilan MQL bo'lib keladi, qo'ng'iroqdan maqsad — uchrashuv, narx — KP'da.
Raqamlar
Lid narxi emas, mijoz narxi muhim. CAC, LTV va har bosqich konversiyasini CRM'da o'lchang.
Agentlik yoki in-house
Start va test bosqichida agentlik tezroq; barqaror jarayonda in-house yoki aralash model.
Keyslar
- DeepVision (Odoo integratori): birinchi 9 oyda $1,124 → 24 ta B2B sotuv, Odoo Gold Partner; hozir 30 ta sotuv, o'rtacha chek $50,000.
- Parking24 (B2B SaaS): 3 oyda $3,240 → 15 ta sotuv.
- Xalqaro IT outsourcing: $2,378 → 4 davlatdan 460 lid, $186,000 lik shartnoma.
- Loome (nasiya ERP): MQL $0.41, 10+ sotuv.
- Jarvis (Bitrix24 va amoCRM integratori): 3 oyda g'oyadan $50,000 sotuvgacha.
Xulosa
Xullas, IT marketing — bitta kanal emas, tizim.
- Talabni tekshiring.
- Qadoq va kontent bilan ishonch quring.
- Event va retargeting bilan siklni qisqartiring.
- Filtrli voronka bilan MQL oling.
- Sotuvni uchrashuvda yoping va hammasini o'lchang.
Agar marketingga kamida 6 oy sarmoya kiritishga tayyor bo'lsangiz, 50+ loyihada sinalgan tizimni sizda ham joriy qilamiz — bepul konsultatsiyaga yozilish.
Muallif haqida. Safarmurod Abduroziqov — AURA Digital asoschisi va rahbari. 6 yillik marketing tajribasi, 50+ IT loyiha, ~$1 mln boshqarilgan reklama budjeti. Telegram · LinkedIn
Ko'p beriladigan savollar
IT kompaniya marketingi nimadan boshlanadi?
Strategiya va talabni tekshirishdan: kim mijoz, qanday og'riq, qanday taklif va narx. Reklama keyinroq keladi.
B2B IT kompaniya uchun eng samarali kanal qaysi?
Bitta universal kanal yo'q. Bizning tajribamizda event, YouTube kontent, VSL target va filtrli voronka kombinatsiyasi eng kuchli natija bergan.
IT marketingdan natija qachon ko'rinadi?
Voronka to'g'ri bo'lsa, birinchi sotuvlar birinchi oyda bo'lishi mumkin (Parking24). Barqaror tizim uchun kamida 6 oy rejalang.
Kichik budjet bilan IT mahsulot sotsa bo'ladimi?
Ha, tizim to'g'ri bo'lsa. DeepVision birinchi 9 oyda $1,124 reklama bilan 24 ta B2B sotuv qilgan.
