«Leadlar kelyapti, lekin sotuv yo'q» — eng ko'p uchraydigan shikoyatlardan biri. Birinchi qadamda muammoni to'g'ri joyda izlash kerak: u odatda uch joydan birida bo'ladi — lead sifatida, sotuv jarayonida yoki marketing va sotuv o'rtasidagi uzilishda.
Sabab 1: lead sifati past
Ko'pincha lead ko'p, lekin ular «noto'g'ri» odamlar: byudjeti yo'q, qaror qabul qilmaydi yoki shunchaki qiziqqan. Bunday leadlar statistikани chiroyli qiladi, lekin sotuvga aylanmaydi. Yechim — arzon leadni quvishni to'xtatib, filtr-forma orqali faqat sotuvga tayyor odamni o'tkazish.
Ba'zan CPL'ni ataylab oshirish kerak: 10 savolli filtr-forma lead narxini qimmatlashtiradi, lekin sotuvga tayyor leadlar ulushini keskin oshiradi.
Sabab 2: marketing va sotuv uzilgan
Reklama lead keltiradi, lekin uni qabul qiladigan tizim tayyor emas: lead kech qayta-aloqa oladi, CRM yo'q, sotuvchida skript yo'q. Natijada sifatli lead ham sovib ketadi. Yechim — marketing va sotuv o'rtasida kunlik feedback loop: qaysi lead sifatli chiqdi, qaysi biri yo'q — va reklamani shunga qarab moslash.
